Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

«O‘zbekiston-24» telekanalidagi debatda bildirilgan demokratik va siyosiy platformalarni qo‘llab-quvvatlaymiz — XDP

«O‘zbekiston-24» telekanalidagi debatda bildirilgan demokratik va siyosiy platformalarni qo‘llab-quvvatlaymiz — XDP

Erkin, demokratik saylovlarni debatlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Mamlakatimizda 22 sentyabrdan saylovoldi tashviqotiga start berilgach, siyosiy partiyalar va ularning nomzodlari raqobat maydoniga kirishdi. 5 oktabr kuni siyosiy partiyalar raislarining saylovchilar bilan uchrashuvi yangicha formatda debat shaklida o‘tkazildi. Mazkur debatda beshta siyosiy partiya raislari saylovoldi dasturi bilan tanishtirib, saylovchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga kirishishdi.

✅ Debat bir vaqtning o‘zida bir nechta telekanallarda (O‘zbekiston 24, Uzreport TV, Sevimli, Zo‘r TV, Renessans, Mening yurtim (o‘zbek tilida), Dunyo bo‘ylab (rus tilida), Foreign languages (ingliz tilida)), shuningdek, Xalqaro press klubning Facebook va YouTube ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalarida, Saylov-2024 telegram kanali orqali uzatilishi kengroq auditoriyani qamrab olish imkonini berdi.

1️⃣ Debat 2 raundda tashkil etilib, birinchi raundda Spikerlar ikki daqiqalik murojaatlar bilan chiqish qilishdi, saylovchilarga saylovoldi dasturini taqdimot qilib, uning asosiy jihatlarini bilan tanishtirib, ilgari surilgan tashabbus, g‘oya, takliflarni yoritib berishdi.

2️⃣ Ikkinchi raundda partiya raislari zaldagi saylovchilarning savollariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishdi. Partiya raislariga qoida tariqasida to‘rttadan savol berish imkoniyati taqdim qilindi. Partiya rahbarlari berilgan savollarga ketma-ket javob berishdi. Spikerlar ajratilgan yetti daqiqa ichida to‘rttadan ko‘p savolga javob berishga ruxsat etildi. Bir savol uchun javob berishga o‘rtacha bir yarim daqiqa vaqt ajratildi.

Umuman olganda, spikerlar o‘ziga bo‘lgan ishonchini, dadilligini, salohiyatli ekanini namoyon eta oldi. Bu yilgi saylovoldi tashviqoti jarayoni xalqchilligi, jamoatchilik bilan uzviy aloqalarning ancha rivojlangani jihatidan yanada ahamiyatli bo‘lmoqda.

Ushbu debat formati ham puxta ishlangan bo‘lib saylovoldi dasturini yangicha uslubda saylovchilarga yetkazishi bilan yodda qoldi. Siyosiy partiya rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan debat demokratik prinsiplar asosida, fikrlar, g‘oyalar, qarashlarning konstruktiv bahsida tashkil etilganini ham ko‘rish mumkin.

Bo‘lib o‘tgan debatda aholining keng qamrovli auditoriyasiga partiyalar saylovoldi dasturi tushuntirilib, studiyadagi ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aniq va hayotiy misollar bilan javob berildi.

Muxtasar aytganda, debat bu yilgi saylovlarga o‘zgacha ruh berganligi bilan birga, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan erkinlik, shaffoflikning mevasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Jahongir OLIMOV,
O‘zbekiston XDP faoli.

Kiritildi: 10:52 09.10.2024. O'qildi: 1116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!