Bugun 9 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

«O‘zbekiston – 2030» strategiyasi va Davlat dasturi bo‘yicha oliy ta’lim, fan va innovasiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

«O‘zbekiston – 2030» strategiyasi va Davlat dasturi bo‘yicha oliy ta’lim, fan va innovasiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Mahbuba Hasanova, [12/07/2024 19:37]
«O‘zbekiston – 2030» strategiyasi va Davlat dasturi bo‘yicha oliy ta’lim, fan va innovasiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi


12 iyul kuni Oliy ta’lim fan va innovasiyalar vazirligida «O‘zbekiston–2030» strategiyasi va 2024 yilga mo‘ljallangan Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi mazmun-mohiyati, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga bag‘ishlangan muloqot shakl muloqot, muhokama-munosabat shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy majlis senati a’zolari, senatorlar, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi, tizim tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari mutasaddilari va rahbar xodimlari, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi hamda «Yuksalish» umummilliy harakati mutaxassislari ishtirok etdilar.


Tadbirni oliy ta’lim fan va innovasiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev ochib berib, Prezidentimizning 2024 yil 21 fevral kungi Qarorlari bilan tasdiqlangan Davlat dasturidagi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan qator vazifalarning ijrosi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi, senator Manzura Salimova Davlat dasturidagi yosh avlodning barkamol o‘sishi, ta’lim-tarbiya olishi, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga qaratilgan qator chora-tadbirlarning aholi farovonligi, jamiyatmiz rivoji, yurtimiz taraqqiyoti uchun ahamiyati haqida so‘zladi.


Senator Gulnora Marufova esa xotin-qizlar va gender tenglik masalalariga to‘xtalib, bu borada jerishilayotgan natijalar, oldinda turgan muammolarni yechish ustida olib borilayotgan ishlar xususida to‘xtalib, oliy ta’lim va ilm-fanda ayollarning ulushini oshirishda qilinayotgan ishlar maqtovga sazovor ekanini ta’kidladi.
Joriy yilda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi talabalar, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari bilangina ishlash bilangina cheklanmay,alohida ishlash talab etiladigan, shuningdek, iste’dodli va iqtidorli yoshlarga alohida e’tibor qaratdi. Hozirda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziriga 26 nafar, vazirlikning 10 ta hududdagi boshqarma boshliqlariga 183 nafar va 104 ta oliy ta’lim muassasalari rektorlariga jami 2 204 nafar «og‘ir» toifadagi yoshlar biriktirilgan bo‘lib, ularga hozirda moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatib kelinyapti.


Vazirligimiz oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri bu ta’lim sifatini oshirish masalasi bo‘lib, bugungi kunda ta’limdagi sifatni qabul jarayonidan boshlab ta’minlashga harakat qilinayotgani e’tiborlidir. Hurmatli Prezidentimiz tomonidan bu yildan boshlab qabulning mutlaqo yangi tizimi joriy etib berilgani yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratadi. «Avval test, keyin tanlov» tamoyilining zamirida ham aynan iqtidorli yoshlarning ta’lim olishini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan. Qabul imtihonlardan teng ball olgan yoshlarga teng imkoniyat yaratishga qaratilgan bu yilgi o‘zgarishlar, o‘ylaymanki, yaqin yillardayoq o‘z samarasini namoyon etadi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari hamda texnikum va kollejlarga imtihonlarning bir platformada o‘tkazilayotgani ham Davlat rahbarining islohotlaridan biri bo‘lib, bunda texnikumlarning o‘quv dasturlari oliy ta’lim muassasalari bilan moslashtirish yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovi oshishiga va ta’lim sifati yaxshilanishligiga xizmat qiladi.
2024/2025 o‘quv yilidagi yana bir o‘zgarish – davlat granti asosida o‘qishga kirgan talabalarning imtiyozi o‘zlashtirish natijalariga qarab bir yil ichida qayta ko‘rib chiqilishi yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat paydo bo‘lishiga, shu bilan birga o‘quv jarayoniga jamoatchilik nazorati o‘rnatilishiga poydevor bo‘ladi.
Shu bilan birga, joriy yildan oliy ta’lim yo‘nalishlari 40 foizga, mutaxassisliklar 15 foizga maqbullashtirildi. Bu oliy ta’limni bitirib chiqqan mutaxassis-kadrlarning ishga joylashishida yuzaga kelayotgan turli byurokratik to‘siqlarni olib tashlash bilan bir qatorda, ularning kengroq bilim olishlari uchun zamin yaratadi.


Hozirda ko‘plab oliygohlarda dunyoning Top-300 ta eng nufuzli universitetlarining o‘quv dasturlari joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 2024 yilda O‘zbekistondagi ikkita oliygohning dunyoning Top-1000 universitetlari qatoridan o‘rin olgani, o‘ylaymanki, barchamizni quvontirdi. Axir yaqin-yaqingacha bu o‘zimizga ham ertakdek tuyulardi. Hozirda «Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari» milliy tadqiqot universiteti QS xalqaro reytingida 547-o‘rin, O‘zbekiston Milliy universiteti 781-o‘rinni egallamoqda.
Universitetlarning jahon hamjamiyati bilan uyg‘unlashuvi, ularning mavqei va o‘qitish darajasini baholovchi mezon bu o‘quv dasturlarining xalqaro akkreditasiyadan o‘tganligidir . Hozirda 6 ta oliygohimizda 38 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditasiyadan o‘tkazildi va bu bordagi ishlar jadal davom ettirilyapti.
O‘quv dasturlari qanchalik zo‘r bo‘lmasin, ularni o‘qitishda, albatta, professor-o‘qituvchilarimizning bilim va salohiyati muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda «Scopus» va «Web of Sciyence» jurnallarida muntazam ravishda maqolalar chop etadigan, «Xirsh» indeksi (h-indeks) 5 va undan yuqori bo‘lgan professor-o‘qituvchilar soni 417 nafarga yetdi. 1 927 nafar tadqiqotchi ilmiy darajaga ega bo‘ldi. Shundan, 1 627 nafari PhD, 256 nafari DSc. Shu bilan birga, 1 650 nafari ilmiy unvon oldi. Oliygohlarda ilmiy salohiyat 41 foizdan 44 foizga o‘sdi.
Mana shu ko‘rsatkichlarning barchasi ishlab chiqarish, iqtisodiyotimiz tarmoqlariga malakali kadrlarni yetkazib bilan bir qatorda yurtimiz kelajagi uchun xizmat qiluvchi tadqiqotchi-olimlar yetishib chiqishiga ham xizmat qilmoqda

Kiritildi: 19:54 12.07.2024. O'qildi: 1360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!