Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston 2026 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib beradi

O‘zbekiston 2026 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib beradi

O‘zbekiston 2026 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni davom ettiradi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Kecha, 17 noyabr kuni energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Afg‘onistonning DABS kompaniyasi bosh direktori Abdul Bori Umar Afg‘oniston hududida qurilayotgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari va podstansiyalarining joriy holatini hamda ushbu ishlarni jadallashtirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida 2026 yil uchun elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha tegishli shartnoma imzolandi.

O‘zbekiston tomonidan shartnomaga davlat kompaniyasi “Uzenergosotish” boshqaruvi raisi Jahongir Obidjonov imzo chekkan.

2024 yil fevral oyida Da Afghanistan Breshna Sherkat kompaniyasi Eron, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan import qilingan elektr energiyasi bo‘yicha ko‘p yillik qarzlarini 627 million dollar miqdorida to‘laganini e’lon qilgan edi.

O‘tgan yil dekabr oyida Afg‘oniston O‘zbekiston bilan elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni navbatdagi yilga uzaytirgan edi. Shunga o‘xshash kelishuv Turkmaniston bilan ham imzolangan.

Afg‘oniston hozirda elektr energiyasining qariyb 80 foizini import qiladi. O‘zbekiston uning eng yirik yetkazib beruvchisi hisoblanadi, undan keyin Tojikiston, Turkmaniston va Eron turadi. Biroq mintaqaviy tarmoqdagi uzilishlar, qarz nizolari va infratuzilma muammolari sabab ta’minot ko‘pincha barqaror emas.

Kiritildi: 22:47 18.11.2025. O'qildi: 293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!