Bugun 21 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Uzbekistan Airways Toshkent – Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi

Uzbekistan Airways Toshkent – Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi

«Haj-2025» dasturi boshlangani munosabati bilan 2025 yil 14 apreldan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent—Jidda—Toshkent yo‘nalishidagi reyslarda Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 14 apreldan boshlab aviakompaniya reyslari orqali Saudiya Arabistoniga borayotgan barcha yo‘lovchilar Toshkentga qaytish chiptasiga ega bo‘lishi va 2025 yil 30 aprelgacha mamlakat hududini tark etishi shart.

«Agar 30 apreldan keyin Saudiya Arabistonida qolgan yo‘lovchilar aniqlansa, jarimalar uchun javobgarlik agent yoki yo‘lovchining zimmasiga yuklanadi», — deyiladi xabarda.

Saudiya Arabistoni Fuqaro aviasiyasi bosh boshqarmasi aylanmasiga muvofiq, Uzbekistan Airways tomonidan amalga oshirilayotgan Toshkent—Jidda—Toshkent reyslari 2025 yil 30 apreldan boshlab bekor qilinadi.

Kiritildi: 09:19 15.04.2025. O'qildi: 799 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!