Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

«Uzbekistan Airways» chipta sotayotgan firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

A A A
«Uzbekistan Airways» chipta sotayotgan firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

Ma’lum bo‘lishicha, xarid qilinadigan rasmiy aviachiptada quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

chipta uchun to‘langan tariflar va yig‘imlar miqdori, shuningdek, chiptaning umumiy qiymati va to‘lov valyutasi to‘g‘risida batafsil ma’lumot;
chipta sotgan agentlikning nomi;
chipta raqami (13 sonli raqam);
ro‘yxatdan o‘tishni tugatish vaqti, yo‘lovchilarni bortga joylashtirish to‘g‘risida ma’lumot;
aviakompaniyaning yo‘lovchilar va bagajlarini tashish qoidalari va bunday ma’lumot manbalari bilan tanishish zarurligi to‘g‘risida ma’lumot.
Qayd etilishicha, aviachipta haqqoniyligini kompaniyaning aloqa markaziga +998 78 140 02 00 raqami orqali qo‘ng‘iroq qilib yoki mana bu havola orqali tekshirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda Moskvaga olingan qimmat chiptalar soxta ekani aytilgan xabarlarga izoh berilgani xabar qilingandi. Shuningdek, Buxoroda Rossiyaga jo‘natish uchun soxta aviachiptalar tayyorlab, 17 kishini chuv tushirganlar ushlangani va «Uzbekistan Airways» 2021 yilning bahor–yoz mavsumida yangi yo‘nalishlardagi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi ma’lum qilingan.

Kiritildi: 23:20 27.07.2021. O'qildi: 3855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!