Bugun 22 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

“O‘zbekfilm”ning €22,9 mlnlik qarzi bor

“O‘zbekfilm”ning €22,9 mlnlik qarzi bor
Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov kinostudiyaning moliyaviy ahvoli haqida ma’lumot berdi. Uning aytishicha, kredit ta’minoti sifatida “O‘zbekfilm”ning mol-mulki, jumladan, yer maydonlari garovga qo‘yilgan. Studiyaning qariyb 1 mlrd so‘mdan ortiq soliq qarzi va xodimlar oldida ham qarzdorligi bor. Soliq qarzi sabab balansdagi 12 ta avtomobil 12 kun ichida auksionga chiqarilishi mumkin. Ahmedovning ta’kidlashicha, studiya moliyaviy barqaror bo‘lishi uchun yiliga kamida 60 mlrd so‘mlik buyurtma bajarishi kerak.
Kiritildi: 14:22 21.08.2026. O'qildi: 765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!