Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbek telekanallari reytingi: qaysi kanal nechanchi o‘rinda?

O‘zbek telekanallari reytingi: qaysi kanal nechanchi o‘rinda?

“Yuksalish” umummilliy harakati  joriy yilning 5—15 mart kunlari O‘zbekistonda eng ommabop milliy televizion manba va formatlarni aniqlash maqsadida fuqarolar o‘rtasida o‘tkazilgan jamoatchilik fikri so‘rovi yakunlarini e’lon qildi. Xabarga ko‘ra, unda respublika bo‘yicha jami 6 467 nafar fuqaro ishtirok etgan.

So‘rov davomida fuqarolarning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy hamda axborot dasturlariga bo‘lgan ehtiyoji, xabar va yangiliklarni kengroq auditoriyaga yetkazish ko‘rsatkichi, davlat va xususiy telekanallar tomonidan efirga uzatilayotgan teledasturlarga nisbatan aholining munosabati kabi qator masalalar o‘rganilgan. 

Natijada fuqarolar odatda qaysi milliy telekanallarni ko‘proq ko‘rishlari aniqlandi va milliy telekanallarning qamrov bo‘yicha reytingi tuzildi. Birinchi beshlik:  1-o‘rin — Zo‘r TV (11,8%), 2-o‘rin — Sevimli (9,6%), 3-o‘rin — My5 (9,4%), 4-o‘rin — Milliy TV (6,9%), 5-o‘rin — Futbol TV (6,8%). 

Shuningdek, fuqarolarning milliy telekanallar orqali efirga uzatiladigan ko‘rsatuv va dasturlar haqidagi fikrlari ham o‘rganildi. Birinchi beshlik: 1-o‘rin — yangiliklar, axborot dasturlari (12,1%), 2-o‘rin — teleseriallar (11,4%), 3-o‘rin — “Hafa bo‘lish yo‘q” (Zo‘r TV), 4-o‘rin — sport teledasturlari, futbol, (9,5%) 5-o‘rin — "Munosabat" (O'zbekiston) (8,3%).

Bundan tashqari, so‘rov davomida turli telekanallar axborot dasturlarining fuqarolar orasidagi mashhurligi o‘rganildi. Birinchi beshlik: 1-o‘rin — «Markaziy studiya» (My5); 2-o‘rin — «Zamon» (Sevimli); 3-o‘rin — «Axborot 24» (O‘zbekiston 24), 4-o‘rin — «UzReport news» (Uzreport TV); 5-o‘rin — «Davr» (Yoshlar). 

Kiritildi: 15:26 02.06.2020. O'qildi: 8874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!