2024 yilning 26 dekabrdan 31 dekabriga qadar Ummon davlatida «Muscat International Chess Championship 2024» turniri bo‘lib o‘tdi.
Turnirda ishtirok etgan shaxmatchimiz Ortiq Nigmatov 2501 (Qatar Masters 2024 +9.4; 3rd International President cup +35; Muscat International Chess Championship 2024 +9.8) reyting ko‘rsatkich qayd etdi.
Shu tariqa Nigmatov so‘nggi talabni bajarib, shaxmat grossmeysteri unvoniga ega chiqqan o‘ttizinchi o‘zbekistonlikka aylandi, deya xabar beradi O‘zbekiston shaxmat federasiyasi.
"Shaxmatchimiz GM lik norma talablarini muddatidan oldin bajargan, faqatgina reyting ko‘rsatkichlari bir marta 2500 reytingdan o‘tishi lozim edi", deyiladi xabarda.
Quvonarlisi shundaki, Ortiq Nigmatov 9 ta turdan iborat bahslarda 7 ta g‘alaba va 2 ta durang natija qayd etgan holda 8 ochko to‘plab «Muscat International Chess Championship 2024» turniri g‘olibiga ham aylandi.