Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbek olimiga xalqaro patent berildi

O‘zbek olimiga xalqaro patent berildi

Rossiya Federasiyasi Intellektual mulk Federal xizmatidan O‘zbekiston milliy universitetining professori, siyosiy fanlar doktori Baxtiyor Omonovga xalqaro patent berildi.

Olimning “O‘tish davrida jamiyatni modernizasiyalash inqirozlari” nomli fanga kiritgan ilmiy tushunchasi e’tirof etilib, xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritildi.

Ma’lumotlar bazasi o‘tish davri bosqichlari, inqiroz paydo bo‘lish shartlari, inqiroz turi, undan chiqish yo‘llari, jamiyatni modernizasiyalash masalalari bilan boyitilgan.

Bundan tashqari, isloh etish va yangilashda yuzaga keladigan inqirozlar holatining vujudga kelish davri, sabablari va undan samarali chiqish yo‘llari belgilanib o‘rganiladi.

“O‘tish davrida jamiyatni modernizasiyalash inqirozlari” nomli tushuncha va ilmiy yangilik uzoq yillik tadqiqotlarga suyanib, xorij va mintaqamizda e’lon qilingan ilmiy adabiyotlar, amaliy tajribalarni tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan.

Professor Baxtiyor Omonov fanga kiritgan ma’lumotlar bazasidan talabalar, tadqiqotchilar, siyosatchilar, iqtisodchilar, shuningdek, rivojlanish yo‘liga o‘tib olgan yosh davlatlar o‘zlarining ijtimoiy-siyosiy faoliyatida foydalanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ilmiy yangilik sosiologiya, siyosatshunoslik, psixologiya sohalarida qo‘llaniladi.

Kiritildi: 14:22 22.11.2024. O'qildi: 580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!