Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

«O‘zavtosanoat» GM Uzbekistan'ning barcha aksiyalarini sotib oldi

«O‘zavtosanoat» GM Uzbekistan'ning barcha aksiyalarini sotib oldi

O‘zavtosanoat General Motors ning Asaka avtomobil zavodidagi ulushini sotib oldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

2008 yili mart oyidan GM Uzbekistan ga aylangan avtomobil zavodining 25 foiz ulushi, Reuters xabariga ko‘ra, joriy yil boshida bevosita GM ga tegishli edi. O‘sha paytda O‘zavtosanoat rahbari (ayni chog‘da rahbar o‘rinbosari) bo‘lgan Umid Salimov zavodning 15 foiz aksiyasi sotib olingani, GM tasarrufida 10 foiz aksiya qolayotgani ni bildirgandi.

Uning shu yil may oyida jurnalistlarga bergan intevyusida yil oxiriga qadar barcha aksiyalar sotib olinishi haqida aytilgandi. Ammo, rasmiylar aksiyalar qancha bahoda sotib olingani va kelishuvdagi boshqa shartlarni oshkor etmayapti.

Mamlakatning sharqiy va aholi eng zich joylashgan Andijon viloyatida qurilgan zavod, dastlab, koreyslar bilan hamkorlikda ishga tushirilgan. 1996 yili Asakadagi zavod Janubiy Koreyaning Daewoo Motors va O‘zavtosanoat hamkorligi hosilasi bo‘ldi.

Zavod bir yilda 250 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega. Uning ayrimlari Ravon brendi ostida xalqaro bozorga chiqariladi.

Davlat monopoliyasi o‘rnatilgan, yengil avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tarmoqni Prezident Shavkat Mirziyoyev ham tanqid qilgandi. Unga ko‘ra, zavod xalq va davlat uchun foyda keltirmaydi.

Kun.uz

Kiritildi: 13:52 21.12.2018. O'qildi: 2595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!