Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda avtomobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda undiriladigan yig‘im miqdori pasaytirildi

O‘zbekistonda avtomobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda undiriladigan yig‘im miqdori pasaytirildi

Ichki ishlar vazirining avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalar)ni ro‘yxatga olish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun undiriladigan to‘lov stavkalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi buyrug‘i qabul qilindi.

O‘zgartirishlarga muvofiq, avtomototransport vositalari, elektromobillar, avtomototransport vositalari va tirkamalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish stavkasi endilikda BHMning 10 foizini (34 ming so‘m) tashkil etadi.

Aprel oyidan boshlab avtomobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘imlar keskin deyarli 68 barobarga oshirilgandi. Elektromobillar, avtomototransport vositalari va tirkamalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im BHMning 1,5 baravari (510 ming so‘m), boshqa avtomobillar uchun esa BHMning 6,84 baravari (2 million 325 ming so‘m) to‘lanishi kerak edi.

Kiritildi: 13:00 07.05.2024. O'qildi: 2162 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!