Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

UzAutoMotors bosh direktori jarimaga tortildi

UzAutoMotors bosh direktori jarimaga tortildi

UzAutoMotors bosh direktori, shvesiyalik Bo Inge Andersson ish haqining 5 foizi miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilindi.

Qayd qilinishicha, Andersson UzAutoMotors Powertrain tashqi savdo operasiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzlarini o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rmagan. Shu bois, unga nisbatan jarima ko‘rinishidagi intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.

Bo Inge Andersson 2021 yil avgustida UzAutoMotors bosh direktori etib tayinlangan edi. U avtomobilsozlik sohasidagi top-menejerlardan biri bo‘lib, Shvesiyaning Saab, Rossiyaning GAZ va AvtoVAZ kompaniyalaridan ishlagan.

Kiritildi: 22:50 16.09.2024. O'qildi: 1749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!