Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

«O‘zagroeksport»ning narx siyosati bekor qilindi

A A A
«O‘zagroeksport»ning narx siyosati bekor qilindi

«O‘zbekiston Respublikasida investision muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi.

Farmon bilan eksport kontraktlarini kontrakt tuzilgan kunda «O‘zagroeksport» AJ e’lon qilgan narxlardan past bo‘lmagan narxlar bo‘yicha tuzish, shuningdek, eksport kontrakti tuzmasdan invoys asosida o‘tkaziladigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxonada bojxona yuk deklarasiyasi ro‘yxatga olinadigan kunda «O‘zagroeksport» AJ rasmiy veb-saytida qayd etilgan narxlardan past bo‘lmagan narxlar bo‘yicha rasmiylashtirish tartibi bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Kun.uz ushbu mavzu bo‘yicha bir qator reportaj va maqolalar e’lon qilgan, ularda «O‘zagroeksport» tomonidan belgilangan narxlar yetishtirilgan mahsulotlar eksportiga to‘g‘anoq bo‘layotgani yoritilgandi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 21:46 01.08.2018. O'qildi: 1571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik