Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zAda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan muxbir ish boshladi

O‘zAda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan muxbir ish boshladi

Agentlik endilikda o‘zbek mediasida yangilik hisoblanayotgan sun’iy intellektdan ham foydalanadi.

Robot-muxbirga Sobira Xoldorova nomi berildi. U O‘zbekiston yangiliklarini dunyo hamjamiyatiga to‘qqiz tilda – o‘zbek, ingliz, rus, fransuz, arab, xitoy, nemis, ispan va qozoq tillarida yetkazib beradi.

Soxta videolardan himoyalanish maqsadida har bir videoda maxsus QR-kod mavjud. Agar uni faollashtirsangiz, O‘zA rasmiy saytidagi videoga havola chiqadi va shu orqali video haqiqiyligini aniqlay olasiz

Ma’lumot uchun: Sobira Xoldorova – Markaziy Osiyo va O‘zbekistondagi birinchi professional ayol jurnalist. Sun’iy intellektga uning nomini qo‘yish orqali qatag‘on qurboni bo‘lgan jadid vatandoshimizning yorqin xotirasini tiklash maqsad qilingan.

Kiritildi: 21:45 22.08.2024. O'qildi: 1218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!