Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Uyquchi Jo” va “Bo‘lginchi Obama”: Tramp Oq uydagi “Prezidentlar shon-shuhrati alleyasi”da prezidentlar haqidagi lavhalar o‘rnatdi

“Uyquchi Jo” va “Bo‘lginchi Obama”: Tramp Oq uydagi “Prezidentlar shon-shuhrati alleyasi”da prezidentlar haqidagi lavhalar o‘rnatdi

​ABC News xabariga ko‘ra, ko‘plab lavhalar shaxsan prezident Donald Tramp tomonidan yozilgan.

Oq uydagi prezidentlarning portretlari ostidagi lavhalarda ularga quyidagicha ta’rif berilgan:

— ​Jo Bayden “Uyquchi Jo” va “Tarixdagi eng yomon prezident” deb atalgan. Bu prezident portreti yo‘q yagona lavha bo‘lib, Baydenning surati o‘rniga avtomatik imzo qo‘yuvchi qurilma (avtopero) rasmi o‘rnatilgan. Tramp Baydenga nisbatan bunday e’tirozlarni birinchi marta bildirmayapti. Avtopero esa boshqa prezidentlar tomonidan ham qo‘llanilgan. Ulardan ayrimlari, jumladan Trampning o‘zi ham, afv etish haqidagi hujjatlarga imzo qo‘yishda avtopero ishlatgan;

— ​Barak Obama Trampning saylov kampaniyasini kuzatganlikda va Yaqin Sharqdagi tartibsizliklarda ayblangan;

— ​Kichik Jorj Bush Afg‘oniston va Iroqdagi urushlar boshoanishi uchun mas’ul deb ko‘rsatilgan;

— ​Bill Klintonning portreti ostida uning rafiqasi Hillari Klintonning 2016 yilgi prezidentlik saylovidagi mag‘lubiyati eslatib o‘tilgan.

​Shu bilan birga, Donald Trampni o‘zining lavhasida uning huquq-tartibot idoralari bosimiga bardosh bergani, ikki marta suiqasddan omon qolgani va 11 oy ichida “Amerikaning oltin davri”ga asos solgani qayd etilgan.

Kiritildi: 16:31 20.12.2025. O'qildi: 489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!