Bugun 17 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi

Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1001-son, 15.11.2024 y.) bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritildi.

Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qonunga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda:

— jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik) faoliyatidan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi;

— uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;

— tutzorlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun er solig‘i belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffisiyent qo‘llanilgan holda hisoblab chiqariladi.

Kiritildi: Bugun 01:03. O'qildi: 153 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!