Qonunchilikka ko‘ra, uy sharoitida yoki kasanachilik asosida daraxt va buta ko‘chatlarini (nihol) yetishtirish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) hisoblanadi.
Bundan tashqari, sinov tariqasida o‘rmon xo‘jaliklari hududida ko‘chat yetishtirish, ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash, o‘rmonzorlar barpo etish ishlari autsorsing asosida jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etgan holda amalga oshiriladi.
Shuningdek, o‘rmon xo‘jaliklarida ko‘chat yetishtiruvchi pitomniklarni tashkil etish maqsadida, xo‘jaliklar hududlarining uzoq muddatli ijaraga beriladigan uchastkalari belgilanadi.
Bunda davlat o‘rmon fondi uchastkalari faqat «E-auksion» platformasi orqali ijaraga beriladi.