Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Uy-joy olish uchun subsidiya ajratib berishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi

A A A
Uy-joy olish uchun subsidiya ajratib berishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar D.V. va N.H. 10 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga Qorasuv massivida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylardan olish uchun subsidiya ajratib berish evaziga jami 47 200 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.I. fuqaro J.G‘.ga tanishlari yordamida Boyovut tumani, “Yangi avlod” MFYda qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylardan olish uchun subsidiya ajratib berish evaziga 54 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:36 09.08.2023. O'qildi: 1644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!