Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘tgan o‘quv yilidan buyon Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyiga qabul kvotasi 100 tadan 150 nafarga oshirildi

A A A
O‘tgan o‘quv yilidan buyon Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyiga qabul kvotasi 100 tadan 150 nafarga oshirildi

AOKAda Milliy gvardiya rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar, tizimda ta’lim jarayonlaridagi islohotlar, o‘qitish va malakali qadrlarni tayyorlash haqida ma’lumot berildi:

Prezident SH.Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi saflarida xizmat qilib kelayotgan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali ta’minlanishi ko‘rsatib o‘tilgan:

ularning sog‘ligini saqlash;

pul ta’minotini to‘lash;

uy-joy maydoni bilan ta’minlash;

mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash;

xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish;

davlat pensiya ta’minoti;

davlat sug‘urtasi;

ijtimoiy yordam ko‘rsatish;

xodimlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish.

Joriy yilda xodimlarning farzandlari yozgi oromgohlarda maroqli dam olishlarini tashkil etish maqsadida, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining “Kamalak” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi tashkil etildi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida sirtdan o‘qiyotgan xodimlarga imtihonlar, sinovlar va boshqa o‘quv ishlarini topshirish davrida sessiya muddatiga pul ta’minoti saqlangan holda ta’tillar berilib, ushbu qaror talabiga asosan bo‘linmalarda xizmat qilayotgan safdorlar tarkibiga “kichik serjant”, “serjant” va “katta serjant” maxsus unvonlari berish tartibi joriy qilindi.

Kiritildi: 15:40 11.09.2023. O'qildi: 1281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!