O‘tgan oyda dunyo bo‘yicha vabodan o‘lim darajasi 32%ga oshdi.
JSST bayonotiga ko‘ra, 1 yanvardan 23 fevraliga qadar 23 mamlakatda 70,5 mingga yaqin vaboga chalinish holati qayd etilgan. Shulardan 808 nafari vafot etgan.
Garchi fevral oyiga kelib, kasallanish ko‘rsatkichlari avvalgi oyga nisbatan 14 foizga kamaygan bo‘lsa-da, o‘lim darajasi bu davrda 32 foizga oshgan.
Mutaxassislar fikricha, mazkur epidemiya avj olishiga tabiiy ofatlar, iqlim o‘zgarishi, ayniqsa, suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarda infratuzilma yomonligi hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish cheklangani kabi transchegaraviy omillar sabab bo‘lmoqda.