O‘tgan 9 oyda “O‘zagrolizing” AJ tomonidan 287 mlrd. 165 mln. so‘mlik 1 349 dona xar hil turdagi qishloq xo‘jaligi texnikasi lizing asosida yetkazib berildi.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Sarvinoz Mirzayeva tizim ko‘rsatkichlari va murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi:
2023 yilning o‘tgan davrida murojaatlar bilan ishlash bo‘limiga jami 48 ta jismoniy va yuridik shaxs murojaatlari kelib tushgan.
Jumladan, Prezident Virtual qabulxonasi orqali 6 ta, Jamiyatning elektron pochtasi orqali 1 ta, Jamiyatning ishonch telefoni orqali 2 ta, Boshqaruv raisi nomiga yozilgan yozma murojaatlar 39 tani tashkil etadi.
Shundan, 8 tasi – Jismoniy shaxslar, 40 tasi – yuridik shaxslardan kelib tushgan.
Ushbu murojaatlarning 9 tasi qanoatlantirildi, 39 tasiga tushuntirishlar berib o‘tilgan.
Murojatlarni tahlil qilganda:
⚫️15 tasi texnika olish;
⚫️25 tasi lizing to‘lovlari bo‘yicha;
⚫️6 tasi dividend to‘lovi;
⚫️2 tasi boshqa masalalarda murojat qilingan.