Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

O‘ta ayanchli holat: G‘azoda oziq-ovqat yordami zaxiralari butunlay tugadi

O‘ta ayanchli holat: G‘azoda oziq-ovqat yordami zaxiralari butunlay tugadi

BMTda Isroilning to‘liq qamalidan so‘ng G‘azoda oziq-ovqat yordami tugadi.

BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi jinoyatchi Isroilning sakkiz haftalik to‘liq qamali tufayli G‘azodagi oziq-ovqat yordami zaxiralari butunlay tugaganini ma’lum qildi.

G‘azo hukumatining matbuot xizmati qamal tufayli 1 milliondan ortiq bola ochlikka duchor bo‘lishi xavfi mavjudligidan ogohlantirdi va mintaqaga oziq-ovqat, dori-darmon va yoqilg‘i kiritishni so‘radi.

Anklav sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, so‘nggi 24 soat ichida Isroil hujumlari natijasida halok bo‘lgan 84 kishining jasadi G‘azodagi shifoxonalarga keltirilgan, ularning oltitasi avvalroq halok bo‘lib, keyinchalik topilgan.

Isroilning G‘azoga qarshi urushi 18 oy oldin boshlanganidan beri kamida 51 439 falastinlik halok bo‘lgani va 117 416 nafari yaralangani tasdiqlangan.

G‘azo hukumati matbuot xizmati vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar halok bo‘lgan deb taxmin qilinayotganini aytib, qurbonlar sonini 61 700 dan ortiq kishiga yetganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 20:21 25.04.2025. O'qildi: 566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!