Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘smirlarda ovoz dag‘allashishi jiddiy kasallik alomatimi?

O‘smirlarda ovoz dag‘allashishi jiddiy kasallik alomatimi?

❓Balog‘at payti hech qanday shamollash yoki tomoq og‘rig‘i bo‘lmasa-da ko‘pchilik o‘g‘il-qizlarda ovoz dag‘allashishi kuzatiladi. Xo‘sh, bunday o‘zgarishning sababi nima?

🔴 Ushbu savolga YO.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Nasiba Alimova javob berdi.

🧪 — O‘smirlik – insonning jismoniy va ijtimoiy rivojlanishida muhim palla hisoblanadi, — deydi mutaxassis. — Bu davrda organizmda turli gormonal o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.

‼️Gormonlar o‘g‘il-qizlarning normal o‘sishi va tananing rivojlanishida muhim o‘rin tutib, bu – endokrin tizimning me’yorda ishlashini talab etadi.

🩺 Biroq o‘smirlikda gormonlarning sekretor maromi buzilib, ular ko‘payishi mumkin. Ushbu holat ba’zida ovoz dag‘allashishiga sabab bo‘ladi. Ammo bu vaqtinchalik holat.

🔬 Bordi-yu ovoz yo‘g‘onlashishi qalqonsimon bez kasalliklari ovoz paychalarining zararlanishi bilan bog‘liq bo‘lsa, tibbiy tekshiruvdan o‘tish talab etiladi.

👩‍⚕️ Buning uchun endokrinolog-shifokor masalahati zarur. Ushbu mutaxassis qalqonsimon bezning UTT tekshiruvi bilan birga, gormonlar tahlili (TTG erkin T4)dan so‘ng bemorga kerakli davo muolajalarini tayinlaydi.

Kiritildi: 13:30 24.05.2023. O'qildi: 1633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!