So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston aholisini USM xoldingiga go‘yoki aloqadorligi aytilayotgan loyihalarga sarmoya kiritishga, shuningdek, Alisher Usmonov yoki uning xayriya jamg‘armasiga sherik bo‘lishga yoki undan yordam olishga undaydigan reklama e’lonlari va nashrlar paydo bo‘lmoqda.
Reklamalarning aksariyati Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida joylashtirilgan. Bunday nashrlar ko‘pincha USM saytlari sifatida ko‘rsatilgan va go‘yoki foydalanuvchilarga yuqori daromadli investisiyalarning turli shakllarini taklif etuvchi firibgar manbalarni havolalarda o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, USM xoldingi va uning aksiyadori Alisher Usmonov jismoniy shaxslar uchun investisiya loyihalarini ishga tushirmagan va bu mavzuga oid saytlar, nashrlar yoki reklamalarga aloqador emas. Xolding ham, uning aksiyadori ham ijtimoiy tarmoqlarda reklama joylashtirmaydilar.
«USM Invest», «USM investisiya akademiyasi», «USM investisiya jamg‘armasi», «USM platformasi», «Alisher Usmonovning daromad oshirish dasturi» va shunga o‘xshash yo‘nalishdagi A.B Usmonov va USM’ga hech qanday aloqasi bo‘lmagan ko‘plab boshqa «loyihalar» reklama qilinayotgan firibgarlik loyihalariga misol bo‘la oladi.
Bunday loyihalar, saytlar va reklamalarning barchasi yovuz niyatli shaxslar tomonidan faqat foydalanuvchilarni aldash va ulardan noqonuniy ravishda pul olish uchun yaratilgan. Bunday reklama e’lonlariga duch kelganlardan ularga e’tibor bermasliklarini yoki ular e’lon qilingan manbalarga shikoyat jo‘natishingizni so‘raymiz.
Alisher Usmonov haqiqatan ham O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ko‘plab loyihalarni qo‘llab-quvvatlamoqda, o‘z tarixiy Vatanini ulug‘lab va yurtdoshlariga yaxshilik tilamoqda. Biroq, bu yordam tizimli va maqsadli bo‘lib hech qachon reklama qilinmaydi.