Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

USAID dasturlarining keskin qisqarishi 14 milliondan ortiq inson, jumladan, 4,5 million bolalarning o‘limiga olib kelishi mumkin — The Lancet

USAID dasturlarining keskin qisqarishi 14 milliondan ortiq inson, jumladan, 4,5 million bolalarning o‘limiga olib kelishi mumkin — The Lancet

.

2025 yil boshida AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati USAID (AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi) dasturlarini keskin qisqartirish qarorini qabul qilgani tufayli 2030 yilga borib butun dunyo bo‘ylab 14 milliondan ortiq inson halok bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Lanset jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda aytiladi.

Tadqiqot mualliflarining aniqlashicha, USAID dasturlari 20 yildan ortiq vaqt davomida butun dunyo bo‘ylab 91 milliondan ortiq o‘limning oldini olgan, jumladan, besh yoshgacha bo‘lgan 30 million bolalar hayoti saqlab qolingan. Xususan, ushbu dasturlar bezgak, tropik kasalliklar, OIV infeksiyasi asoratlari va boshqa kasalliklar natijasida yuzaga keladigan o‘lim holatlarini kamaytirishda katta rol o‘ynagan.

"Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, agar 2025 yilning birinchi yarmida e’lon qilingan va amalga oshirilgan moliyalashtirishni keskin qisqartirish jarayoni bekor qilinmasa, 2030 yilga kelib oldini olish mumkin bo‘lgan dahshatli darajadagi o‘limlar sodir bo‘lishi mumkin", deyiladi tadqiqotda.

AQSh prezidenti Donald Tramp 2025 yil yanvar oyida davlat xarajatlarini qisqartirish siyosati doirasida 90 kun davomida USAID tomonidan xorijiy davlatlarga ko‘rsatiladigan yordamni muzlatib qo‘ygan edi. USAID faoliyati AQSh Davlat departamenti nazoratiga o‘tkazildi. AQSh davlat kotibi Marko Rubio mart oyida Vashington USAID dasturlarining 83 foizini bekor qilayotganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 18:36 01.07.2025. O'qildi: 406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!