Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Urush boshlanganidan beri Rossiya Donbassni egallash muddatini 15 marta qoldirdi

Urush boshlanganidan beri Rossiya Donbassni egallash muddatini 15 marta qoldirdi

Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda Rossiya rasmiylari Donesk viloyatini egallash sanasini yana ortga surgan.

"Endigi oxirgi muddat — 31 dekabrgacha", — dedi Zelenskiy va Rossiya rahbariyati "Donbass bilan kasallanganini" (uni egallash xohishidan voz kecha olmayotganini) ta’kidladi.

"Moskva urushni tugatmasa, bu muddatni ham yana qoldirishga to‘g‘ri keladi. Agar Putin ushbu devorga urilishda davom etish uchun yana bir million askarini qurbon qilmoqchi bo‘lsa, unda hozircha Rossiya armiyasiga safarbar qilinmagan va benzin navbatlarida bahslashib turgan o‘sha bir million rossiyalik ularni oldinda nima kutayotgani haqida o‘ylab ko‘rishi kerak.

Biz bu urushni tugatish uchun barcha takliflarni kiritib bo‘lganmiz, Rossiya esa har safar buni rad etmoqda", – deya qo‘shimcha qiladi u.

Kiritildi: 13:51 30.06.2026. O'qildi: 2114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!