Vladimir Zelenskiy intervyusida Rossiya-Ukraina urushini 2025 yilda tugatishi lozimligini aytdi.
"O‘z tarafimizdan kelasi yil urush diplomatik yo‘llar bilan tugashini ta’minlash uchun hamma narsani qilishimiz kerak", — deydi Ukraina prezidenti.
Xabarga ko‘ra, Zelenskiy nutqi davomida bu masala ustida ishlanishi kerak bo‘lgan muhim jihat ekanini ta’kidlagan.