Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘rmonlar yo‘q bo‘lib ketishiga xitoyliklarning ovqatlanishda ishlatadigan tayoqchalari sababmi?

O‘rmonlar yo‘q bo‘lib ketishiga xitoyliklarning ovqatlanishda ishlatadigan tayoqchalari sababmi?

Insoniyatning tabiatga nisbatan ko‘r-ko‘rona tutayotgan yo‘li flora va fauna olami turlarini me’yordan tashqari 1000 marta ko‘proq vayron bo‘lishiga sababchi bo‘layotir. Bugungi kun hisob-kitoblariga qaraganda 20 mingga yaqin tabiat namunasi izsiz yo‘qolib ketgan. Biz odatiy turmushimizda shunday buyumlar ishlatamizki, ular bir qarashda ko‘zga tashlanmaydi, ammo aynan ana o‘shalar tabiatni vayron etuvchi omillar sifatida qayd etiladi.

1. Xitoy tayoqchalari — o‘rmonlar kushandasi

Xitoyda bir yilda 80 mlrd ana shunday tayoqchalar ishlab chiqariladi va ular bir marta ishlatilgandan so‘ng tashlab yuboriladi. Ularni tayyorlash uchun 20 million dona daraxt kesiladi, ular asosan o‘n ikki yillik daraxtlardan tayyorlanadi.

3. Ichimliklar uchun naychalar

Barlarda ichimlik solingan bokallarga qo‘shib beriladigan naychalar sayyora ekologiyasiga jiddiy zarar yetkazadi. Millionlab naychalar 12-14 tonna plastikaga aylanadi va ummon jonivorlarining umriga zomin bo‘ladi.

4. Bakteriyalarga qarshi sovun

Sovun tarkibidagi kimyoviy birikmalarga — triklokarban va triklozan kiradi.

Triklokarbanning parchalanishi natijasida undan kanserogenlar ajralib chiqadi, triklozanning parchalanishi esa xloroformni vujudga keltiradi. Ular o‘simliklar, hayvonlar va insonlarning organizmiga borib tushadi va sekin o‘limga olib keladi.

5. Oziq-ovqat chiqindilari

Har yili oziq-ovqat chiqindisi butun jahon bo‘yicha 1,3 mlrd tonnaga yetadi.

Ularni yig‘ib olish uchun esa 750 milliard dollar sarflanadi. Tayyorlash uchun har yili 3,3 mlrd tonna par gazi va har yili Volga daryosidan oquvchi suvdan uch baravar ko‘p miqdorida suv ishlatilinadi.

Qishloq xo‘jaligining 28 foiz yeri chiqindilarni qayta ishlash uchun foydalaniladi. Shu bois 870 mln kishi har yili ochlikdan aziyat chekadi.

Kiritildi: 11:42 01.10.2019. O'qildi: 2433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!