Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘rindoshlik asosida ishlovchilarga ta’tillar asosiy ish joyidagi mehnat ta’tili bilan bir vaqtda beriladi

A A A
O‘rindoshlik asosida ishlovchilarga ta’tillar asosiy ish joyidagi mehnat ta’tili bilan bir vaqtda beriladi

O‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga har yilgi asosiy, shuningdek o‘rindoshlar haqli bo‘lgan qo‘shimcha ta’tillar asosiy ish joyidagi har yilgi mehnat ta’tili bilan bir vaqtda beriladi.

Agar o‘rindoshlik asosida ishlashning birinchi ish yilida xodim 6 oydan kam ishlagan bo‘lsa, u holda o‘rindoshlik asosidagi ishda ta’til uchun ishlangan vaqtga proporsional haq to‘lanadi.

Birinchi ish yilida 6 oy ishlagan o‘rindoshlarning mehnat ta’tiliga, shuningdek ishning keyingi yillari uchun mehnat ta’tiliga o‘rindoshlik asosidagi ishning o‘rtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq to‘lanadi.

Kiritildi: 14:25 22.09.2023. O'qildi: 1285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!