Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Urgutda qo‘ng‘ir ayiqlar cho‘ponlar chorvasiga hujum qilib, 4 bosh echkini yeb qo‘ydi

Urgutda qo‘ng‘ir ayiqlar cho‘ponlar chorvasiga hujum qilib, 4 bosh echkini yeb qo‘ydi

Noyob tur hisoblangan O‘rta Osiyo qo‘ng‘ir ayiqlari Urgut tumanining “Soyg‘o‘s” mahallasiga yaqin hududga tushib kelgani aytilmoqda. Samarqand viloyati ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumani “Soyg‘o‘s” MFY hududida uchta ayiq kelib, mahalliy aholining qo‘y-mollariga hujum qilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Aniqlanishicha, ushbu holat Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari chegarasida joylashgan Kunko‘rmas dovonining Qashqadaryo viloyati hududida sodir bo‘lgan. Suv sathidan 2500-2700 metr balandlikdagi ushbu yovvoyi tabiatga tegishli bo‘lgan ayiqlarning yashash manzilida Urgut tumani “Soyg‘o‘s” MFYning cho‘ponlari ijara asosida mol-qo‘ylarini boqib kelishayotganda noyob tur hisoblangan O‘rta Osiyo qo‘ng‘ir ayiqlari to‘rt bosh echkini yeb qo‘ygan. Cho‘ponlar yoki ayiqlarga talafot yetmagan.

Shuningdek, mahalliy aholining ta’kidlashicha, bir necha kun oldin kechasi ayiqlar mahalladan 2-3 kilometr yaqinlikdagi tog‘ bag‘rida o‘suvchi mevali daraxtlarni yeyish uchun tushib kelgan. Hozirda tegishli mutaxassislar tomonidan holat nazoratga olinib, o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: 10:29 09.07.2024. O'qildi: 1120 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!