Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar bog‘chasida 2 nafar ayol kichik yoshdagi bolalarga pedagogikaga zid, yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan qo‘pol munosabatda bo‘lishi tasvirlangan video tarqaldi.
Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi❕
⛔️ Aniqlanishicha, mazkur holat Urganch tumani Chondirqiyot qishlog‘i Tadqiqotchilar mahallasida joylashgan 23-sonli MTMda bo‘lib, bunda tarbiyachi R.G. va yordamchi tarbiyachi M.A. tarbiyalanuvchilar R.S., M.S., U.Z., S.T larga nisbatan turtish, tepish, qulog‘idan tortish, boshiga urish kabi nomaqbul xatti-harakatlar sodir qilgan.
Hozirda ushbu fakt bo‘yicha Urganch tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.