Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Urganch, Xiva va Pitnak shaharlarining kanalizasiya tizimi yangilanishi kerak

Urganch, Xiva va Pitnak shaharlarining kanalizasiya tizimi yangilanishi kerak

Yig‘ilishda qurilish va infratuzilma sohalaridagi vazifalar muhokama qilinar ekan, joriy yilda Xorazmda:

- 12 trillion so‘mlik pudrat ishlarini bajarish, qurilishda 20 ming nafar aholini band qilish;

- 7 ming xonadonli 200 ta ko‘p qavatli uy qurish;

- 1,5 ming kilometr yo‘l va 20 ta ko‘prikni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash;

- 80 ta avtobus olib kelib, 6 ta yangi yo‘nalishni ishga tushirish maqsad qilib olindi.

Viloyatdagi ichimlik suvi tarmog‘ining 16 foizi va kanalizasiya tarmog‘ining 27 foizi yarim asr oldin qurilgani bois, rekonstruksiyaga muhtojligi ko‘rsatib o‘tildi. Urganch, Xiva va Pitnak shaharlarining kanalizasiya tizimi yangilanishi kerak.

Bu ishlar uchun joriy yilda 1,1 trillion so‘m ajratilib, tez fursatda Urganch, Xiva, Pitnak shaharlari va Gurlan tumani markazidagi oqova suv tizimini rekonstruksiya qilish boshlanadi.

Mutasaddilarga yil yakunigacha 101 kilometr suv va kanalizasiya tarmog‘i, 6 ta suv inshooti qurish, xalqaro moliya tashkilotlaridan Xorazmning barcha tumanlaridagi oqova tizimiga yana 85 million dollar jalb qilish topshirildi.

Kiritildi: 14:13 02.05.2025. O'qildi: 402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!