Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Urganch xalqaro aeroporti 5 avgust kuni o‘z faoliyatini tiklaydi

A A A
Urganch xalqaro aeroporti 5 avgust kuni  o‘z faoliyatini tiklaydi

Urganch xalqaro aeroporti rejada belgilangan vaqtdan ikki kun avvalroq ochiladi.

Urganch xalqaro aeroporti 2024 yil 5 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da o‘z faoliyatini tiklaydi. Qurilish-ta’mirlash ishlari belgilangan muddatdan avvalroq yakunlandi. Rejaga muvofiq ta’mirlash ishlari aeroportda 7 avgustga qadar amalga oshirilishi lozimligi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Urganch xalqaro aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital ta’mirlash ishlari boshlangani munosabati bilan joriy yilning 20 iyul kuni o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan edi. Rekonstruksiya davrida barcha reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yo‘naltirilgan va barcha yo‘lovchilar Nukus aeroportigacha transport bilan ta’minlangan.

Shuni alohida e’tirof etish kerakki, ikki hafta ichida katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan, uzunligi 3000 m va eni 45 m bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi qoplamasi almashtirildi va mustahkamlandi, ikkinchi va uchinchi yurish yo‘laklari kapital ta’mirlandi. Bu aeroportga Boeing 787 va Airbus A330 kabi keng fyuzelyajli samolyotlarni cheklovlarsiz qabul qilish va o‘z navbatida Urganch shahriga reyslar soni va yo‘lovchilar oqimini ko‘paytirish imkonini beradi.

Urganch shahridagi uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital rekonstruksiya qilish ishlari oxirgi marta 1997 yilda, shikastlangan qismlarini qisman ta’mirlash esa 2018 yilda amalga oshirilgan edi.

Kiritildi: 13:15 02.08.2024. O'qildi: 1366 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!