Orenburg yaqinidagi Ural daryosidagi suv sathi bir sutkada 21 santimetrga ko‘tarilib, 893 santimetrni tashkil etdi. Belgilangan “xavfli darajada” - 930 santimetrgaga juda kam qoldi, deb xabar berdi shahar ma’muriyati.
Ayni damda Orenburgda 2 mingdan ortiq shaxsiy tomorqa va 1,5 mingdan ortiq xonadon suv ostida qolgan. Ammo suv sathi ko‘tarilishda davom etmoqda, eng yuqori daraja 10 aprelda bo‘lishi kutilmoqda.
Juma kuni Orenburg viloyatidagi Orsk shahri yaqinidagi to‘g‘on yorilishi oqibatida shahrni suv bosgan edi.
Viloyat gubernatori aytishiga ko‘ra, ayni damda suv toshqinidan zarar ko‘rgan 649 kishi davlatdan yordam puli olgan va yana 16 ming kishi ham yana bir hafta ichida oladi.