Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘quvchilarning ta’til paytidagi xatti-harakatlari uchun ota-onalar javob beradi

O‘quvchilarning ta’til paytidagi xatti-harakatlari uchun ota-onalar javob beradi

Ta’lim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va ta’til paytidagi o‘quvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.

Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holatlarda nafaqat sinf rahbariga, balki direktor o‘rinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qo‘llanilmaydi.

Shuni ham unutmaslik kerakki, O‘zbekiston Respublikasi «Oila kodeksi»ning 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga mas’ul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, ma’naviy va axloqiy rivojlanishi uchun g‘amxo‘rlik qilishlari shart.

Kiritildi: 17:46 03.06.2025. O'qildi: 642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!