Kursk viloyatida Ukraina Qurolli kuchlari mexanizasiyalashgan hujumlarning yangi to‘lqinini boshladi va ruslarning orqa chekinish yo‘lida, Sudjadan janubi-sharqda oldinga siljidi. Bu haqda Urushni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchilarining so‘nggi hisobotida ma’lum qilingan.
"Ukraina kuchlari Maxnovkadan janubi-g‘arbda hamda 38K-028 Sudja-Oboyyan yo‘li bo‘ylab Cherkasskaya Konopelkadan shimol va sharqda joylashgan pozisiyalarni egallab, Kolmakov va FanaseEvkani qo‘lga kiritdi," - deb ta’kidlanadi hisobotda.
Tahlilchilarning aniqlashtirshicha, Ukraina kuchlari taxminan bir batalyon hajmida bo‘lgan va 5 km masofaga oldinga siljigan. Sharh qismida keltirilgan rossiyalik harbiy muxbirlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari 30 tadan 50 tagacha zirhli texnikadan foydalangan holda hujum qilgan.
ISW Rossiya Federasiyasining Ukraina Qurolli Kuchlarining oldinga siljishidan xavotirda ekanligini ta’kidladi, chunki bu Rossiya guruhining Sudja janubidagi orqa hududlariga tahdid solishi va ruslarning Ukraina quruqlikdagi aloqa yo‘llarini to‘sib qo‘yish imkoniyatini qiyinlashtirishi mumkin.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Ukraina Qurolli Kuchlarining Kursk viloyatidagi hujum harakatlari davom etmoqda, bu esa Ukraina bilan chegarada joylashgan Rossiya bo‘linmalariga qo‘shimcha bosim o‘tkazmoqda.
Rossiyalik "harbiy muxbir" Vladimir Romanov hozirda Fanaseevka va Cherkasskaya Konopelka aholi punktlari Ukraina Qurolli Kuchlari nazorati ostida ekanligini bildirmoqda. Shu bilan birga, go‘yo ushbu aholi punktlari atrofida Rossiya qo‘shinlari mavjud, biroq ularning soni oz bo‘lib, qo‘shimcha kuchlarni kutmoqda. Romanovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlari frontning ushbu qismida muvaffaqiyatga erishgan, bunga Rossiya Qurolli Kuchlari qo‘mondonlarining jang maydonidagi haqiqiy vaziyat haqida yolg‘on ma’lumot bergani sabab bo‘lgan. Z-kanallar kecha 11-havo-desant brigadasi qo‘mondoni lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bermoqda, ammo yangi qo‘mondon jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartira olishi gumon. Shuningdek, harbiy ekspertlar Kurilovkada joylashgan rus qo‘shinlari "o‘t qopqoni"ga tushib qolganini ta’kidlashmoqda.