Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘qituvchilarga imtiyozli ipoteka va avtomobil kreditlari ajratish uchun maxsus fond tashkil etiladi

A A A
O‘qituvchilarga imtiyozli ipoteka va avtomobil kreditlari ajratish uchun maxsus fond tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi qoshida soha xodimlariga imtiyozli kreditlar ajratish bilan shug‘ullanadigan maxsus fond tashkil etilishi rejalangan. Bundan tashqari, fond soha xodimlari uchun arzon uy-joylar qurilishini moliyalash bilan ham shug‘ullanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi kiritgan taklif bo‘yicha muhokamalar portalida e’lon qilingan prezident qarori loyihasida keltirilgan.

Qarorda aytilishicha, fondni tashkil etishdan maqsad – ta’lim sohasi xodimlarining munosib turmush tarzini ta’minlash va yashash sharoitlarini yaxshilash. Ushbu maqsadda fond ta’lim sohasi xodimlariga ipoteka, avtomobil va iste’mol kreditlari beradi.

Bundan tashqari, yangi fond O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga ko‘maklashadi. Fondning asosiy maqsadlaridan biri – sekyuritizasiya bilan shug‘ullanish, ya’ni ipoteka kreditlariga asoslangan qimmatli qog‘ozlar chiqarib aholiga sotishdir.

Fondning ustav kapitali 100 mln AQSh dollariga teng bo‘ladi. Qo‘shimcha mablag‘lar xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlardan grant asosida olinishi mumkin.

Fondning sekyuritizasiya bilan shug‘ullanish faoliyatiga qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha amaldagi qonunlar tatbiq etilmaydi.

Turon24

Kiritildi: 10:22 01.11.2018. O'qildi: 2395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!