Bugun 30 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

«O‘qituvchilar maoshi oshadi» - Prezident

«O‘qituvchilar maoshi oshadi» - Prezident

Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchining maoshi kelgusi yildan qay tarzda 12 millionga yetkazilishiga to‘xtaldi.

«Muallimlarni qo‘llab-quvvatlashni, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirishni albatta davom ettiramiz», - degan davlat rahbari bugungi yig‘inda.

«Mana, 1 oktyabrdan pedagog xodimlar
ish haqini 15 foizga oshirdik.

Kelgusi o‘quv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish
yo‘lga qo‘yiladi» dedi Shavkat Mirziyoyev.

Sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglar qo‘shimcha 70 foiz ustama oladi.

Misol uchun, oliy toifali biologiya o‘qituvchisi o‘z fani bo‘yicha xalqaro sertifikati bo‘lsa – 50 foiz, direktor jamg‘armasidan 40 foizgacha va yangi talabga javob bersa, yana 70 foiz ustama oladi.

Prezidentning qayd etishicha, shu tariqa o‘qituvchining umumiy oylik maoshi 4 million 500 ming so‘mdan 12 million so‘mga yetadi.

Kiritildi: Bugun 13:17. O'qildi: 1193 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!