Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

A A A
O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahridagi maktablardan birida o‘qituvchilik qilib kelgan ayol 2016 yili O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov nomidan Samarqand viloyatining o‘sha paytdagi hokimi Zoir Mirzayevga soxta xat yozib, 700 ming dollar undirishga uringan. Bu haqda “Milliy” telekanalidagi “O‘tkir tergov” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi, deb yozadi daryo.uz.

Ma’lum bo‘lishicha, Zoir Mirzayevga o‘zini Prezident administrasiyasida boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat yuritishini aytgan ayol viloyat hokimiga uchta xat olib borgan.

Xatlarning birida 2016 yilda davlat rahbarining nabirasi AQShda garovda ushlab turilgani va jinoyatchilar tomonidan 700 ming dollar talab etilayotgani hamda viloyat hokimi bu pullarni topib berishi lozimligi aytilgan bo‘lsa, ikkinchi xatda bu pullarni olib kelish uchun Sofiyeva nomiga berilgan ishonchnoma, uchinchi xat esa bu haqda sir saqlash kelishuvi xati edi, deyiladi ko‘rsatuvda.

Bu qilmishni amalga oshirgan ayol tergovchining “Sizga bu g‘oya qayerdan keldi?” degan savoliga:
“Prezident nomidan hokimdan pul so‘rasam, menga ishonadi deb o‘yladim”, deb javob bergan.

— Bu pulga uy olmoqchi edim. Oyim kasal: Isroilga olib borib davolatmoqchi edim. O‘zi menga buncha pul kerak emasdi. Har holda prezident nomidan boryapman, kam pul so‘rasam, uyat bo‘ladi deb o‘yladim, — deydi tergovda ko‘rsatma bergan ayol.

Shuningdek, tergovchi ayoldan “Nega aynan Samarqand viloyatini tanladingiz?” deb so‘raydi.

— Ancha vaqt viloyat hokimlarini o‘rgandim. Eng mos kelgani Zoir Toirovich bo‘ldi. Yuzidan nur yog‘ilib turibdi, istarasi issiqgina kishi. Yaxshi odam ekan deb o‘yladim. Qolaversa, Samarqand katta viloyat. Ularda 700 ming dollar bo‘ladi, deb qalbaki hujjatlarni yasaashga kirishdim, — deydi u.

Prezident nomidan viloyat hokimiga xat yozib, undan pul undirishga uringan o‘qituvchi ayolga Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (tovlamachilik)ning tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ozodlikdan mahrum qilish jazosi va jarima qo‘llanilgan.

Kiritildi: 16:45 14.06.2025. O'qildi: 3151 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!