Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘pka chumasi qanchalik xavfli va uni davolash mumkinmi?

O‘pka chumasi qanchalik xavfli va uni davolash mumkinmi?

Sibirda o‘pka chumasiga gumon qilingan holat haqidagi xabarlar xavfli infeksiyaga nisbatan qiziqishni yana oshirdi. Mutaxassislar chuma hozir ham tabiatda saqlanib qolayotganini va kasallik o‘z vaqtida aniqlanib, davolash boshlansa, uni nazorat qilish mumkinligini ta’kidlaydi.

O‘pka chumasi — Yersinia pestis bakteriyasi keltirib chiqaradigan chumaning uch asosiy shaklidan biri. Bubon chumasida bakteriyalar limfa tugunlarini, septisemik shaklda esa qonni zararlaydi.

O‘pka shakli epidemiologik jihatdan eng xavfli turlardan biri hisoblanadi, chunki u nafas yo‘llari orqali odamdan odamga yuqishi va qisqa vaqt ichida tarqalishi mumkin.

Kasallik odatda tez rivojlanadi. Inkubasiya davri bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi mumkin. Ilk belgilar yuqori harorat, qaltiroq, bosh og‘rig‘i va kuchli holsizlik ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Keyinchalik ko‘krakda og‘riq, nafas olish qiyinlashishi va yo‘tal paydo bo‘lishi, ayrim hollarda balg‘amda qon kuzatilishi mumkin.

Davolash kechiktirilsa, kasallik og‘ir asoratlarga olib kelishi va qisqa vaqt ichida hayot uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Shuning uchun erta tashxis qo‘yish va antibiotiklar bilan davolashni imkon qadar tez boshlash muhim ahamiyatga ega.

Yersinia pestis bakteriyasi tabiatda asosan yovvoyi kemiruvchilar va ularda parazitlik qiluvchi burgalar orasida saqlanadi. Bunday tabiiy o‘choqlarni butunlay yo‘q qilish amalda juda qiyin.

Rossiyaning Sibir va Oltoy kabi ayrim hududlarida ham chumaning tabiiy o‘choqlari mavjud. 2026 yil avgust oyida Rossiya va Mongoliya olimlari ikki davlat chegarasidagi yirik tabiiy chuma o‘chog‘ida faollik saqlanayotganini tasdiqlagan.

Kiritildi: 20:38 06.10.2026. O'qildi: 1037 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik