Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining yangi tartibi belgilandi

A A A
Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining yangi tartibi belgilandi

Bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sertifikatga ega abituriyentlarga test sinovlarida qanday ball belgilanadi?

AOKAda Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu borada batafsil ma’lumot berildi:

Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, V+, V, C+, C, darajali sertifikatlar beriladi.

Test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:

  • 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga – A+ daraja;
  • 65-69,9 ball olgan talabgorga – A daraja;
  • 60-64,9 ball olgan talabgorga – V+ daraja;
  • 55-59,9 ball olgan talabgorga – V daraja;
  • 50-54,9 ball olgan talabgorga – C+ daraja;
  • 46-49,9 ball olgan talabgorga – C darajali sertifikat beriladi.

Sertifikat 3 yil muddatga beriladi. Bunda:

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

V+, V, C+, C, darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni berish Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan to‘lov asosida amalga oshiriladi, sertifikat elektron shaklda beriladi.

Kiritildi: 15:06 17.01.2024. O'qildi: 4314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!