Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Umid Ahmadjonov MOQdan ketdimi?

Umid Ahmadjonov MOQdan ketdimi?

Bugun, 15 may kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Worldnews.uz axborot agentligiga yaqin manba ma’lum qildi.

Milliy olimpiya qo‘mitasida bugun yig‘ilish o‘tkazilgan va undan MOQning so‘nggi vaqtlardagi faoliyati tanqid qilingan. Ushbu yig‘ilishda MOQ rahbari Umid Ahmadjonovning mazkur lavozimga loyiqligi masalasi ko‘tarilgan. Yig‘ilishda qo‘mita Bosh Assambleyasining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazish taklifi kiritilgan.

Bosh Assambleya yig‘ilishi tez orada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Unda Milliy olimpiya qo‘mitasiga yangi prezident saylanishi mumkin. Hozircha aniq nomzod bo‘lmagani uchun, Assambleya yig‘ilishi boshlanmayapti. Federasiyalardan bu borada o‘z nomzodlarini taklif qilish so‘ralgan. Bugun kechki vaqtda Umid Ahmadjonovning MOQdagi taqdiri hal bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Umid Ahmadjonov bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston futbol assosiasiyaning birinchi vise-prezidenti lavozimida ham faoliyat yuritadi. Ahmadjonovning mazkur lavozimdan ham ketgani yoki qolgani borasida aniq ma’lumotlar berilmadi.

Kiritildi: 17:04 15.05.2019. O'qildi: 2729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!