Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Umid Ahmadjonov «Bunyodkor» haqida: «Ich-ichidan chirib bitayotgan klub haqida nima deyish mumkin?»

A A A
Umid Ahmadjonov «Bunyodkor» haqida: «Ich-ichidan chirib bitayotgan klub haqida nima deyish mumkin?»

2019 yil kirib kelishi bilan Kun.uz O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan intervyu uyushtirdi. U Bunyodkor klubi atrofidagi vaziyat va O‘zbekiston Superligasining yangi mavsumdagi formati haqidagi savollarga javob qaytardi.

Ma’lum muddat mamlakatning eng kuchli jamoasi bo‘lgan, xalqaro maydonlarda mamlakat sharafini himoya qilgan Bunyodkor klubi o‘z mavqeini yo‘qotgandan yo‘qotib bormoqda. Avvaliga jamoa jiddiy moliyaviy qiyinchiliklar girdobida qoldi, jamoaning uy stadioni xodimlari ish haqi to‘lanmagani bilan bog‘liq muammo yuzaga chiqdi, keyin stadion nomi o‘zgartirildi. Yaqinda jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov klubni tark etdi.

Endi klub futbolchilari har tomonga tarqalib ketmoqda, bir necha futbolchisi Paxtakor ga borib qo‘shildi, yana bir nechasi sobiq murabbiy ortidan Olmaliqqa borishi kutilmoqda. Voqealar rivoji nimaga olib boradi?

Savolingizni tushundim. Biroq bu savol aslida Bunyodkor rahbariga berilsa, to‘g‘riroq bo‘lardi. Shuncha muammosi bor, ammo na klub muxlislariga va na jamoatchilikka aniq gap aytadi.

Moliyaviy qiyinchiliklarga sababchi ham klub rahbarlari. Bunyodkor da avval pul bo‘lmagan deysizmi? Doim bo‘lgan, biroq aql bilan sarf etilmagan. Qanaqadir legionerlar sababli qarzga botib ketdi. Axir bunga O‘FA aybdormasku? Mana shu muammolar avvaldan ham bor edi, o‘tgan mavsum arafasida ham bor edi. Ammo klub yallo qilib Dubayda yurdi, bilganini qildi. Biroq o‘sha qarzlardan qutulish haqida o‘ylab ham ko‘rishmadi. Bunga kim javob berishi kerak?

Bunyodkor da hech qachon uy stadioni bo‘lmagan. Ha, stadion jamoa uchun qurilgan. Biroq yillar davomida hech kimga tegishli bo‘lmay yotavergan. Shuncha pulni chet ellik futbolchilarga sochishni bilishdi, biroq boshqa ishlar haqida hech kim o‘ylamagan, hech kim hisob bermagan. Tayyor pulni sovurib, mavsum o‘tkazishni hamma ham eplay olardi.

Mirjalol Qosimovning o‘rnida men ham bunday klubdan ketgan bo‘lardim. Haliyam Qosimov oxirigacha tishini-tishiga qo‘yib, hamma narsa uchun chidab ishladi. Rahbariyat nima qildi? Lushchan bilan masala hal bo‘ldimi? Simonenko masalasi-chi? Shomurodov uchun munosib pul to‘langan deb o‘ylaysizmi? Doston Hamdamov masalasi-chi? Og‘izdagi oshni oldirib o‘tirishibdi. Otabek Shukurov ham ketdi, Aziz Haydarov ham ketdi. Hech bo‘lmaganda Qosimovni ham saqlab qola olishmadi.

So‘nggi vaqtlarda yanada xunukroq gaplarni eshityapman. Bunyodkor da non topgan, shu klubda ishlagan ayrimlar endi shu klub futbolchilarini boshqa klublarga nasiya qilayotganlar ham ekan. Ich-ichidan chirib bitayotgan klub haqida nima deyish mumkin? Bu tashqi ta’sir emas, bu xuddi olmani ichidan chiritayotgan qurtdek gap.. ,-deydi Axmadjonov Kun.uz saytiga bergan intervyusida.

Manba: stadion.uz

Kiritildi: 14:28 06.01.2019. O'qildi: 2678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!