Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ulug‘nor tumanida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo do‘koni aniqlandi

Ulug‘nor tumanida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo do‘koni aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ulug‘nor tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.O.” MCHJ savdo do‘koni sotuvchisi K.M. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, savdo do‘konida xorijda ishlab chiqarilgan 2 596 quti aksiz markasiz tamaki hamda 141 dona elektron tamaki mahsulotini sotuvga qo‘yganliklari aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:00 23.06.2025. O'qildi: 514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!