Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘lim bilan bog‘liq avtohalokatning 75-80 foizi 61 trillion so‘mning asosiy qismi sarflangan yo‘llarda bo‘lmoqda - Prezident

O‘lim bilan bog‘liq avtohalokatning 75-80 foizi 61 trillion so‘mning asosiy qismi sarflangan yo‘llarda bo‘lmoqda - Prezident

So‘nggi yetti yilda yo‘l qurish va ta’mirlashga berilgan 61 trillion so‘mning asosiy qismi xalqaro va respublika yo‘llariga to‘g‘ri keladi. Lekin o‘lim bilan bog‘liq avtohalokatning 75-80 foizi ham shu yo‘llarda bo‘lyapti.

Ayniqsa, aholi jamoat transporti sifati va tirbandliklardan mutlaqo norozi ekani qayd etildi.

Aholining yana bir e’tirozi – yo‘llardagi kameralar dislokasiyasi. Ular faqat qoidabuzarlikni qayd etib, jarima yozish uchun ishlayapti. Bu kameralar aslida transport oqimini boshqarish, tirbandlik va avariyani kamaytirishga xizmat qilishi kerakligi ta’kidlandi.

Chorraha, chiziq va yo‘l belgilarini to‘g‘rilash, svetoforlarni “aqlli” boshqaruvga o‘tkazish bo‘yicha ishlar sustligi tanqid qilindi.

Poytaxtda transport harakatini sun’iy intellekt asosida tartibga solish bo‘yicha taqdimot qilinganiga ham ancha vaqt bo‘lgani, lekin natija yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kiritildi: 12:13 16.06.2025. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!