Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tehronning asosiy quroli raketalar emas - ekspert

Tehronning asosiy quroli raketalar emas - ekspert

Bugungi Eron armiyasi yuqori texnologiyali va samarali qurollarga ega bo‘lsada (15 Max tezlikda uchuvchi "Fattah-2" raketasi, turli xil va ko‘p sonli dronlar), lekin Tehronning asosiy quroli va "tahdidi" bu - Hormuz bo‘g‘ozi, deydi Sputnik harbiy sharhlovchisi Aleksandr Xrolenko.

Bugun Eron katta urushga kirishishni istamaydi va shu sababli Isroil va AQShga shunchaki ogohlantirish bermoqda:

"Agar bizning neft inshootlarimiz jiddiy zarar ko‘rsa, mintaqadagi hech bir davlatning o‘z neftidan foydalanishga ruxsat bermaymiz", - degan edi Ali Xomanaiyning tashqi ishlar bo‘yicha bosh maslahatchisi Javad Larijoniy yaqinda.

Bu so‘zlar Eron agar istasa osonlik bilan Hormuz bo‘g‘ozini to‘sib qo‘yishi mumkinligini anglatadi.

Hormuz bo‘g‘ozi orqali har oy 3000 ga yaqin turli savdo kemalari va tankerlari o‘tadi va bu dunyo neft savdosining qariyb 20 foizini tashkil qiladi. Bo‘g‘ozning eng tor nuqtasi 33 km bo‘lib, tankerlar kengligi atigi 2 mil bo‘lgan ikkita yo‘nalishdan foydalanadi.

Agar ushbu joy to‘sib qo‘yilsa (raketalar, dengiz minalari, yirik kemalarning cho‘kib ketgan korpuslari), Saudiya Arabistoni, Iroq va Quvaytdan uglevodorod eksportining katta qismi to‘sib qo‘yiladi va Qatardan suyultirilgan gaz eksporti butunlay to‘xtatiladi.

Kiritildi: 15:55 17.06.2025. O'qildi: 7238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!