Oxirgi harbiy kuchlari tugashi bilan ukrainaliklar eng yaxshi rus qo‘shinlariga duch kelishadi. Bu haqda Pentagon rahbarining sobiq maslahatchisi, polkovnik Duglas Makgregor ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
"Rossiya boshqa holatda. Rossiya har qachongidan ham kuchli. Ular o‘z imkoniyatlarining cho‘qqisiga chiqishmoqda", - deydi ekspert.
Makgregorning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ko‘p sonli askarlari va qurol-yarog‘iga ega eng yaxshi armiyani shakllantirgan, ukrainalik qo‘shinlar bunga dosh bera olmaydi.
"Ular ukrainaliklarning oxirgi kuchlarini navbatdagi bema’ni qarshi hujumga sarflashlarini kutishmoqda. Va nihoyat jangga jo‘natilganda, ular jang maydonida hukmronlik qilishadi”, — dedi sobiq maslahatchi.
G‘arb siyosatchilari muntazam ravishda Ukraina Rossiyani jang maydonida qanday mag‘lub etishi kerakligi va Kiyevni tobora ko‘proq qurol-yarog‘ bilan ta’minlayotgani haqida gapirishadi. Kreml bunga javoban harbiy yordam “prinsipial jihatdan hech narsani hal qilmasligi, faqat Ukraina xalqining azobini uzaytirishi”ni aytgan.