AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya hamkasbi Vladimir Putin bilan bir necha marta norasmiy suhbatlashganini ma’lum qildi. Bu haqda davlat rahbari Washington Examiner nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Bilasizmi, men Putin bilan gaplashdim – bu shunchaki bir qo‘ng‘iroq bilan boshlangan emas. Bizda boshqa qo‘ng‘iroqlar ham bo‘lgan. Bu oldin e’lon qilinmagan edi, lekin bu ijobiy muloqotning davomidir. Agar bu ijobiy bo‘lmaganida, men sizga aytgan bo‘lardim," - dedi Amerika rahbari.
Bundan tashqari, Tramp Putin bilan suhbatni yuqori baholadi va u "yaxshi narsaning boshlanishi bo‘lib xizmat qilishi mumkinligini" ta’kidladi.
AQSh prezidenti, shuningdek, "infratuzilmaga zarbalar berishni to‘xtatish oxir-oqibat Ukraina bo‘yicha kelishuvga olib kelishini" aytdi: "Bu boshqa narsalarga sabab bo‘ladi. Keyin to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish va kelishuv bo‘ladi."