Ukrainaning yadroviy bomba yaratishi frontdagi vaziyatni sezilarli darajada o‘zgartirmaydi va shuning uchun buni qilishdan ma’no yo‘q. Bu haqda Ukraina Prezident devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar yadro quroli urushdagi vaziyatni jiddiy o‘zgartira olsa, barcha qiyinchiliklarga qaramay, Ukraina bunday qurolni yaratish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishi mumkin edi.
"Bu front chizig‘i bo‘ylab muhim o‘zgarishlarni keltirib chiqaradigan yechim emas. Frontdagi vaziyatga qurol-yarog‘lar soni, qurollardan foydalanish diapazoni va buning uchun barcha turdagi ruxsatlarning mavjudligi ta’sir qiladi", — deya qo‘shimcha qildi Podolyak.