Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Ukrainaning taslim bo‘lishi na AQSH, na Yevropa Ittifoqi uchun foydali — Emmanuyel Makron

 Ukrainaning taslim bo‘lishi na AQSH, na Yevropa Ittifoqi uchun foydali — Emmanuyel Makron

Fransiya prezidenti bu haqda diplomatik korpus vakillari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Makronning so‘zlariga ko‘ra, agar Kiyevning ittifoqchilari bu mojarodan charchagani uchun Rossiya bilan “murosa”ga rozi bo‘lishsa, G‘arbning obro‘siga putur yetkaziladi.

"AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi urushni “24 soat ichida” tugatish haqidagi va’dasiga kelsak, biz Ukraina mojarosiga tez va oson yechim topilmaydi, degan fikrdamiz. Urushda Ukraina mag‘lub bo‘lsa, Qo‘shma Shtatlarning g‘alaba qozonish imkoniyati yo‘qqa chiqadi. Buni Tramp ham yaxshi biladi", — dedi Fransiya prezidenti.

Shu bilan birga, Makron ukrainaliklar hududiy masalalarni "real vaziyat asosida" muhokama qilishi kerakligini aytdi.

Kiritildi: 12:05 07.01.2025. O'qildi: 894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!